«Paxtakor» Ronaldusiz kelgan «An-Nasr»ga yirik hisobda yutqazdi
Toşkent klubi Elit OÇL doirasida Saudiya Arabistoni çempionati vakiliga jiddiy qarşilik körsata olmadi va 2:6 hisobida mağlub böldi. «An-Nasr» öyinga asosiy yulduzlari - Kriştianu Ronaldu va Kingsli Komansiz kelgan edi.

«Paxtakor» Ronaldusiz kelgan «An-Nasr»ga yirik hisobda yutqazdi
O‘zbekiston vitse-chempioni «Paxtakor» Elit Osiyo Chempionlar Ligasi asosiy bosqichi 4-turida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Toshkentliklar 2-noyabr kuni o‘z maydonida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubiga qarshi o‘ynadi va 2:6 hisobida yutqazdi.
Mehmonlar Toshkentga hujumchi Krishtianu Ronaldu va hujumkor futbolchi Kingsli Komansiz kelgan bo‘lsa-da, «Paxtakor» stadionini to‘ldirgan muxlislar Sadio Mane, Joau Felish, Samuel Koşta, Inigo Martines va boshqa yulduzlarning o‘yiniga guvoh bo‘ldi.
Toshkent klubi ushbu mag‘lubiyatdan keyin 2 ochko bilan jadvalda 12-o‘rinda bormoqda. «An-Nasr» 6 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi.
«Paxtakor» Elit OChL doirasida navbatdagi o‘yinni 23-noyabr kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga qarshi o‘tkazadi.
PAXTAKOR (O‘zbekiston) - AN-NASR (Saudiya Arabistoni) 2:6
Gollar: Flamarion (36), Dostonbek Hamdamov (75) - Abdulloh Al-Hamdan (15), Joau Felish (17, 32), Abdulloh Al-Amriy (53), Abdulrahmon G‘arib (62), Anjelo (79)
Bosh hakam: Aleksander King (Avstraliya)
«Paxtakor»: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin, Akmal Mozgovoy, Bashar Resan (Dostonbek Hamdamov 60), Muhammadbobur Karimov, Abdurauf Böriev, Sardor Sobirxo‘jayev (Ibrohim Ibragimov 60), Sherzod Nasrullayev, Flamarion, Muhammadrasul Abdumajidov, Stefan Çinedu.
Bosh murabbiy: Emilian Karas (Moldova)
«An-Nasr»: Bentu, Abdulloh Al-Amriy, Abdulloh Al-Hamdan, Sadio Mane, Samuel Koşta, Navaf Bu Vaşl (Uakan Holid 67), Anjelo, Yahyo Ayman (Abdulrahmon G‘arib 46), Inigo Martines, Avad Muhsin Aman, Joau Felish (Abdulloh Al-Haybariy 67).
Bosh murabbiy: Ange Postekoglu (Avstraliya)
Ogohlantirishlar: Muhammadbobur Karimov (32), Sherzod Nasrullayev (57)

