Sport

“Paxtakor” o‘z himoyachisini Fransiya klubiga sotmadi (foto)

“Paxtakor” o‘z himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovni Fransiya klubiga sotishdan bosh tortdi.

Championat.asia nashrining xabar berishicha, Fransiyaning “Brest” klubi “Paxtakor” himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovni o‘z tarkibiga jalb etish niyatida bo‘lgan. Biroq Toshkent klubi futbolchini sotishga rozi bo‘lmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz jamoasi himoyachini bir yil muddatga ijaraga olishni, keyinchalik esa uni to‘liq sotib olishni taklif qilgan. Ammo “Paxtakor” rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchining xorijga ketishiga qarshi bo‘lib, ushbu taklifni rad etgan.

Agar bu kelishuv amalga oshganida, O‘zbekiston chempionatidan Yevropaning kuchli beshlik ligalaridan biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilgan ilk tarixiy transfer bo‘lar edi.

Qayd etish joizki, Abdumajidov “Paxtakor” klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023-yildan buyon “sherlar”ning asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi klub safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Toshkent klubi bilan shartnomasi 2027-yil oxirigacha davom etadi. Transfermarkt portali Muhammadrasulning bozor qiymatini 600 ming yevro deb baholagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.