«Paxtakor» Osiyo Chempionlar Ligasining amaldagi gʻolibi bilan durang oʻynadi
Oʻzbekiston vitse-chempioni 1-turda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubiga qarshi oʻynadi va soʻnggi daqiqalarda gol oʻtkazib, gʻalabani qoʻldan chiqardi.

«Paxtakor» Osiyo Chempionlar Ligasining amaldagi gʻolibi bilan durang qayd etdi
Oʻzbekiston vitse-chempioni «Paxtakor» Elit Osiyo Chempionlar Ligasi asosiy bosqichini durang bilan boshladi.
Toshkent jamoasi Jidda shahrida turnirning amaldagi gʻolibi «Al-Ahli»ga qarshi maydonga tushdi va 86-daqiqada Flamarion urgan gol evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo asosiy vaqtga qoʻshib berilgan daqiqalarda gol oʻtkazib yubordi.
«Paxtakor» keyingi uchrashuvini 12-oktabr kuni oʻz maydonida Saudiya Arabistonining yana bir klubi «Al-Qodisiya»ga qarshi oʻtkazadi.
14-sentabr, Jidda, «King Abdullah Sports City» stadioni
AL-AHLI (Saudiya Arabistoni) - PAXTAKOR (Oʻzbekiston) 1:1
Gollar: Firas Al-Buraykan (90+3) - Flamarion (86)
Bosh hakam: Abdulla Jamaliy (Kuvayt)
Al-Ahliy: Eduard Mendi, Ibrahima Diabi (Valentin Atangana 62), Galeno (Meshal Al-Mutayriy 53), Said Baattia, Ivan Toni (Firas Al-Buraykan 68), Mateus Martins, Merix Demiral (Muhammad Sulaymon 68), Saad Balobaid, Rayan Hamid, Solih Abu Alshamat, Naif Masud (Eduard Spersyan 46)
Paxtakor: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin (Murtazo Puraliganji 46), Dilshod Saitov, Ibrohim Ibragimov, Akmal Mozgovoy (Muhammadali Dilshodbekov 88), Dostonbek Hamdamov (Flamarion 68), Bashar Resan, Abdurauf Boʻriyev, Ayman Husayn (Stiven Chinedu 69), Sherzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov 78), Muhammadrasul Abdumajidov
Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (63), Solih Abu Alshamat (64)

