Paxtachilik modernizatsiyasi: John Deere ilg‘or rulonli texnikasi O‘zbekiston klasterlariga nima beradi?
Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga AQShdan John Deere CP570 rusumli rulonli turdagi paxta terish kombaynlarining ilk turkumi olib kelinadi. Ekspertlar bashorat qilishicha, yaqin besh yilda respublika qishloq xo‘jaligida rulonli texnikaga keng miqyosda o‘tish kutilmoqda, u asta-sekin savatli texnika o‘rnini bosadi. Ushbu jarayon misol uchun AQSh, Turkiya va Xitoyda keng tarqalgan.

**Paxtachilikda modernizatsiya: John Deere rulonli texnikasi O‘zbekiston klasterlariga qanday imkoniyatlar beradi?**
John Deere brendi zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. 360 Research Reports konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Deere & Company paxta terish uskunalari segmentida 29% bozor ulushi bilan peshqadam hisoblanadi, ya’ni dunyodagi har uchta kombayndan bittasi ushbu amerikalik ishlab chiqaruvchiga tegishli.
Sentyabr oyida O‘zbekistonga John Deere CP570 kombaynlarining dastlabki o‘nta modeli olib kelinishi kutilmoqda. Bu O‘zbekiston uchun rulonli turdagi paxta teruvchi texnikaning birinchi importi bo‘ladi. Xarid qilishdan avval o‘tkazilgan sinovlar natijasida, 2024-yilda Navoiy viloyati dalalarida tajriba namunasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilib, kombaynning O‘zbekiston iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi tasdiqlandi. John Deere kombayni 1 gektardan 15 gektargacha bo‘lgan kichik maydonlarda, burilish zonalari va infratuzilma to‘siqlari mavjud tor kirish yo‘llarida ham samarali ishlashini namoyish etdi.
**Savatli tizimga qarshi rulonli tizim: vaqtni tejash omili**
O‘zbekistonda keng tarqalgan paxta terish mashinalarida eski savatli terim tizimi qo‘llaniladi. Savatning sig‘imi 2,5–3 tonna bo‘lib, u to‘lgach, operator paxtani tushirish uchun kombaynni to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Bu jarayon traktorlar, tirkama aravalar va qo‘shimcha ishchilarni talab qiladi. Paxtani tushirish o‘rtacha 20 daqiqa vaqt oladi, kun davomida esa operator taxminan 10 marta to‘xtashga majbur bo‘ladi, bu esa terim tezligini sezilarli darajada pasaytiradi.
John Deere CP570 modeli esa uzluksiz ishlaydi. Uning ish tezligi 7,4 km/s gacha, unumdorligi esa soatiga 2,26 gektarni tashkil etadi. Terish uskunalari paxtani o‘simlikdan mexanik tarzda ajratib olib, to‘plagichga tashlaydi, u yerdan paxta yumaloq toylarni yasaydigan uskunaga kelib tushadi. Belgilangan o‘lchamga yetgach, rulon himoya plyonkasi bilan o‘ralib, dalaga tashlab ketiladi. Barcha ishlar texnikani to‘xtatmasdan amalga oshiriladi.
Rulonli kombaynlar hosil terimini yanada tezlashtiradi. Yig‘im-terim mavsumi bir oy davom etadigan O‘zbekiston uchun vaqt omili juda muhim. Oktyabr eng maqbul davr hisoblanadi, chunki noyabrda yog‘ingarchilik boshlanib, xomashyoning navdorligi va narxi pasayadi. John Deere CP570 mashinasining yuqori unumdorligi paxtaning yomg‘irlardan buzilishi xavfini kamaytirib, fermerlarga xarid narxini saqlab qolishga imkon beradi.
**Paxta sifati: xalqaro standartlarga muvofiqlik**
John Deere kombaynining muhim afzalligi paxtani ehtiyotkorlik bilan mexanik terishdir. CP570 yordamida olinadigan xomashyo yuqori to‘qimachilik xususiyatlarini saqlab qolib, qat’iy xalqaro standartlarga javob beradi. Masalan, kalta tolali paxta eksportga yaroqsiz hisoblanadi va jahon brendlari tomonidan rad etiladi. John Deere paxta tolasi tuzilishining tabiiy yaxlitligini saqlab qoladi. Jarayon tola uzilishiga, paxta tuzilishiga shikast yetishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa yigiruv bosqichida sifatli uzun ip olishni kafolatlaydi.
**Namlik monitoringi: xomashyo narxi tushishidan himoya**
John Deere CP570 kombayni namlikni aniqlash datchiklari bilan jihozlangan. Tayyorlov punktlari nam paxtaning xarid narxini tushiradi, chunki u tola shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun darhol qayta ishlanishi zarur. Eksport partiyalari uchun standart qat’iy belgilangan va odatda 13 foizdan oshmaydi. Agar John Deere mashinasining bort kompyuteri bu chegaradan oshishni qayd etsa, u operatorga terimni to‘xtatishni tavsiya qiladi. Namlik ko‘rsatkichlari toy tamg‘asida ham kodlanadi, bu esa klasterga xomashyoni qayta ishlash navbatini tartibga solishga yordam beradi.
**Yo‘qotishlarni kamaytirish uchun raqamlashtirish**
Savatli texnikadan foydalanilganda fermerlar qabul punktlarigacha yo‘lda yoki tarozida tortganda yo‘qotishlarga duch keladi. CP570 kombaynida bu muammo raqamli nazorat tizimi yordamida hal qilingan. Har bir toy individual RFID-belgi bilan avtomatik tarzda tamg‘alanadi. HID Cotton Pro tizimi har bir rulon uchun 25 dan ortiq parametrlarni, shu jumladan, aniq vazn, terim lokatsiyasi, xomashyo navdorligi va operator ma’lumotlarini qayd qiladi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida xo‘jalik rahbarining smartfoniga va hosildorlikni hujjatlashtiruvchi John Deere tizimiga yuboriladi.
Daladan to‘qimachilik kombinatiga qadar to‘liq kuzatuv xorijiy riteylerlar uchun mexanizatsiyalashtirilgan terimning tasdiqlangan isboti bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonning yetakchi to‘qimachilik klasterlari xomashyoning kelib chiqishi shaffofligini talab qiluvchi xalqaro brendlar bilan faol hamkorlik qilmoqda.
**Hosildorlikni boshqarish uchun xaritalash**
Har bir toydagi ma’lumotlar asosida John Deere tizimi avtomatik ravishda hosildorlik xaritasini tuzadi. Unda unumdor yerlar (masalan, gektariga 8,5 tonna hosil beradigan) va past ko‘rsatkichlarga ega muammoli yerlar yaqqol ko‘rsatiladi.
Ushbu tahlil yordamida agronomlar keyingi mavsum uchun asosli qarorlar qabul qiladi: oriq yerlarda o‘g‘it solish me’yorini oshirish va hosildor yerlarda qo‘llangan eng yaxshi amaliyotlarni kengaytirish mumkin.
**Xizmat ko‘rsatish: bekor turib qolishni kamaytirish**
John Deere mashinalariga xizmat ko‘rsatishni O‘zbekistonda yagona brendning rasmiy distribyutori - UHM Landtech ta’minlaydi. Terim mavsumida bekor turib qolishga yo‘l qo‘yish nojoizligi sababli distribyutor kombaynlarning ushbu seriyasi uchun qat’iy tartib o‘rnatdi: talabnomaga bir soat ichida javob qaytarish kerak.
Keng hududiy tarmoq normativga rioya qilishga imkon beradi. UHM Landtech biror viloyatdagi texnika soniga qarab, respublika bo‘ylab navbatchi brigadalarni oldindan taqsimlaydi. Paxta terimi davrida 30 ta mobil jamoa doimo darhol jo‘nashga shay turadi.
Qo‘shimcha ravishda, masofadan boshqarish funksiyasi kombaynlarning bekor turib qolish vaqtini qisqartirishga yordam beradi. Soha muhandislari CP570 mashinasining bort kompyuteriga masofadan ulanib, dalaga chiqmasdan turib dasturiy uzilishni bartaraf etishi mumkin.
**Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash: subsidiya va imtiyozlar**
John Deere texnikasini xarid qilish uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan subsidiya ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 martda qabul qilingan PQ-97-son Qaroriga asosan imtiyozli shartlar tasdiqlangan. Uzoq muddatli asosda, 10 yilgacha muddatga moliyalashtirish amalga oshiriladi. Dasturda ikki yillik imtiyozli davr va kredit bo‘yicha foiz stavkasining bir qismi davlat tomonidan qoplanishi nazarda tutilgan.
Amerikalik ishlab chiqaruvchining siyosati ham narxni maqbullashtirishga yordam beradi. John Deere konserni O‘zbekiston bozorida o‘z ishtirokini kengaytirishdan manfaatdorligi tufayli rasmiy distribyutor – UHM Landtech zavod bilan asosiy chakana narxdan chegirma haqida kelishib oldi.
Hukumat preferensiyalari va bevosita chegirmalar uyg‘unlashuvi yaqin yillarda agroklasterlar tomonidan qishloq xo‘jalik texnikasi jamlanmasi modernizatsiya qilinishi uchun imkon yaratadi.
Ma’lumot uchun: +998 97 738 95 65, +998 99 833 10 00, +998 97 727 23 33
Web-sayt: https://uhmlandtech.uz
Reklama huquqi asosida

