Paxtachidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Paxtachida sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi
2026-yil 9-oktyabr kuni soat 13:00 lar atrofida Samarqand viloyatining Paxtachi tumani, «Mirkan» MFY hududidan o‘tuvchi 4K-560 avtomobil yo‘lining 14-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Cobalt» haydovchisi yo‘lning o‘ng tomonidan kutilmaganda chiqib qolgan velosipedchini urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burgan. Natijada u boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan elektroskuter bilan to‘qnashgan.
Voqea oqibatida skuterdagi yo‘lovchilardan biri hodisa joyida vafot etgan. Shifoxonaga olib borilgan yana bir yo‘lovchining ham hayotini shifokorlar saqlab qola olmagan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

