Mahalliy

Paxtachida skuter Cobalt bilan toʻqnashib, buvi va nabira halok boʻldi

YTH 9-oktabr kuni sodir boʻlgan. Erkak boshqaruvidagi skuter Cobalt bilan toʻqnashgan. Oqibatda skuterda boʻlgan 57 yoshli ayol va uning 2 yoshli nabirasi halok boʻlgan. Erkakning oʻzi ogʻir ahvolda shifoxonada qolmoqda.

Paxtachida skuter Cobalt bilan urilib, buvi va nabira vafot etdi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Kun.uz’ning aniqlashicha, 9-oktabr kuni tumanning Mirkan mahallasida yashovchi erkak skuter boshqarib ketayotganda Gobalt avtomobili bilan to‘qnashgan. Shu vaqtda skuterdagi erkakning turmush o‘rtog‘i va nabirasi ham bo‘lgan.

YTH natijasida 57 yoshli S.A. hamda uning 2 yoshli nabirasi X.H. halok bo‘lgan. Erkakning o‘zi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozir uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Buvi va nabiraning vafoti haqida Mirkan mahallasi guruhida ham xabar berilgan.

Samarqand viloyati YHXB hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot bermagan.

2026-yilning dastlabki 9 oyida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda 89 kishi halok bo‘lgan, 488 kishi tan jarohati olgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.