Mahalliy

Paxta yetishtiruvchi fermer va klasterlarga subsidiya beriladi

Paxta yetishtiruvchi fermer va klasterlarga subsidiya ajratiladi

Tashqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksportdagi logistika xarajatlari ortib borayotgan bir paytda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi.

Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni xarid qilgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa har gektar uchun 1,5 mln so‘mdan subsidiya oladi.

Mas’ullarga tayyor mahsulot eksportchilarining xorijiy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foizlarning 5 foizdan, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha esa 14 foizdan oshgan qismini uch yil davomida kompensatsiya qilish yuzasidan hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.

Shuningdek, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun ham yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi.

Kamida 1 ming nafar ishchisi bor korxonalarda xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketish uchun ketadigan transport xarajatlarining 50 foizi qoplanadi.

Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarning farzandlari kontrakt to‘lovi bilan ta’minlanadi.

Ish o‘rinlari soni 1 mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Shu yo‘nalishda Andijonning o‘ziga 20 mln dollar beriladi.

Mas’ullarga bir oyda ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.