Papa Lev oʻpkasida oʻsimta aniqlanganidan keyin operatsiya qilinadi
71 yoshli pontifik shish "juda erta bosqichda" aniqlanganini aytdi.

Papa Lev oʻpkasida shish aniqlanganidan keyin operatsiya qilinadi
Papa Lev XIV tibbiy koʻrikdan oʻtish chogʻida oʻpkasida tuguncha aniqlanganidan soʻng «yaqin kunlarda» operatsiya qilinishini aytdi.
«Shifokorlar oʻpkamda erta bosqichdagi, yaxshi mahalliylashgan tugunchani aniqladilar», — dedi u Rimdagi Muqaddas Pyotr maydonida har haftalik yakshanba namozi paytida jamoatchilikka.
71 yoshli pontifik uning tibbiy guruhi «jarrohlik aralashuvi toʻgʻri boʻladi deb hisoblashini» va u operatsiyaga rozi boʻlganini aytdi.
Papa Lev ziyoratchilarni bu oʻsimta «yaxshi chegaralangan» va «erta bosqichda» aniqlanganiga ishontirdi.
U oʻz Angelus ibodatini hammaga «ruhiy yaqinliklari» uchun minnatdorchilik bildirish bilan yakunladi va oʻzini ularning duolariga topshirishini aytdi.
Muqaddas Taxt Matbuot xizmati vozizi Matteo Bruni OAVga «operatsiya kelasi haftaning birinchi kunlariga moʻljallanganini» maʼlum qildi.
Bruni, shuningdek, Papa sogʻayib ketishi uchun taxminan bir hafta kerak boʻlishi kutilayotganini qoʻshimcha qildi.
Robert Frensis Provost ismi bilan tugʻilgan Papa Lev 2025 yilda Papa Frantsiskning oʻrnini egallagan edi. U Muqaddas Pyotr taxtining 267-sohibi va birinchi amerikalikdir.
U 1982 yilda ruhoniylikka tayinlangan va koʻp yillar davomida Peruda missioner boʻlib xizmat qilgan, u yerda jamiyatdan chetlatilgan jamoalar bilan ishlagan va oʻzaro aloqalarni oʻrnatishga yordam bergan inson sifatida yodda qolgan.

