Mahalliy

Oʻzbekistonliklar Sloveniyada ishlashga taklif etiladi

Ish haqi 1 277 yevrodan 3 800 yevrogachani tashkil etadi hamda uning miqdori va soliq ushlanmalari vakansiyaga qarab farqlanadi.

Oʻzbekiston fuqarolari Sloveniyada ishga taklif qilinmoqda

12–14-oktabr kunlari Sloveniyadan kelgan ish beruvchilar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida nomzodlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar, vorkshoplar va ishga tanlovlar tashkil etadi.

Oʻzbekistonliklar uchun quyidagi yoʻnalishlarda bo‘sh ish oʻrinlari mavjud: ogʻir yuk avtomobili va xalqaro yuk tashish haydovchilari; yoʻlovchi tashish haydovchilari; yuk avtomobillari mexaniklari; qurilish ishchilari va ustalari; ogʻir texnika operatorlari; ishlab chiqarish uskunalari operatorlari; elektriklar; oʻrmon xoʻjaligi xodimlari; parvarishlash xodimlari; maʼmuriyat va savdo mutaxassislari.

Ish haqi 1 277 yevrodan 3 800 yevrogacha (bruttoda)ni tashkil etadi, uning miqdori va soliq ushlanmalari vakansiyaga qarab farqlanadi.

Ish beruvchilar viza va ishlash uchun ruxsatnoma xarajatlari, tibbiy sugʻurta, aeroportdan transfer, turar joy bilan taʼminlashni oʻz zimmasiga olgan. Ayrim vakansiyalarda aviachipta va ovqatlanish xarajatlari ham ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.

Nomzodlardan tegishli kasbiy malaka va ish tajribasi, ayrim yoʻnalishlarda ingliz tili hamda maxsus sertifikatlar, xorijga chiqish pasporti talab etiladi.

Tanlovlar 12-oktabr kuni Buxoro, 13-oktabr kuni Samarqand va 14-oktabr kuni Toshkent shaharlarida oʻtkaziladi.

Boshqa hududlarda yashovchilar oʻzlariga eng yaqin manzilda oʻtkaziladigan tanlovda qatnashishlari mumkinligi aytilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.