Oʻzbekistonga Tailanddan 13 kg dan ortiq giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinishdi
Oʻzbekistonga Tailanddan 13,08 kg giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinishdi. Bojxonachilar ushbu partiyani yoʻlovchining yuki orasidan topishdi, soʻngra uning Samarqanddagi qabul qilib oluvchisini qoʻlga olishdi. 5 sentyabr kuni 51 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Tailanddan uchib keldi. Uning yukini koʻzdan kechirish davomida bojxona xodimlari uchta vino shishasi va ziravorlar qadoqlarida shubhali moddalarni aniqlashdi. Ekspertiza ularda 7 kg 580 […]

Oʻzbekistonga Tailanddan 13 kg dan ortiq giyohvandlik moddalarini olib kirishga urinishdi
Oʻzbekistonga Tailanddan 13,08 kg giyohvandlik moddalarini olib kirishga urinishdi. Bojxonachilar ushbu partiyani yoʻlovchining yuki orasidan aniqlashdi, soʻngra Samarqandda uning qabul qilib oluvchisini qoʻlga olishdi.
5 sentyabr kuni 51 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Tailanddan uchib keldi. Uning yuki koʻzdan kechirilganda, bojxona xodimlari uchta vino shishasi va ziravorlar qadoqlari ichidan shubhali moddalarni topishdi.
Ekspertiza ichida 7 kg 580 g gashish moyi borligini koʻrsatdi. Modda tarkibida tetragidrokannabinol aniqlandi.
Tezkor tadbirlar davomida erkak giyohvandlik moddalarini 1,8 ming dollar evaziga Samarqandga yetkazib berishi kerak boʻlganligi maʼlum boʻldi. Bojxona organlari maʼlumotlariga koʻra, u topshiriqni Telegram orqali kuratordan olgan.
Samarqandda bojxona xodimlari ushbu partiyani qabul qilib olayotgan 47 yoshli erkakni qoʻlga olishdi. Uning uyida oʻtkazilgan tintuv chogʻida yana 5,5 kg ga yaqin gashish moyi va mastlik holatini keltirib chiqaradigan quritilgan qoʻziqorinlar topildi.
Shu tariqa, huquq-tartibot idoralari xodimlari 13 kg 80 g giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʻyishdi. Mutaxassislarning baholashicha, ushbu miqdor taxminan 200 ming kishiga yetishi mumkin edi.
Musodara qilingan moddalarning qora bozordagi qiymati 1,7 mln dollardan oshishi mumkin edi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

