Mahalliy

Oʻzbekistonda yigʻilgan BYD’lar sifati Xitoydagidekmi? Zavod ichidan reportaj

Mahalliy sharoitda tayyorlangan BYD avtomobillarining sifati Xitoyda ishlab chiqarilayotgan mashinalarnikidan pastroq ekani haqida internetda turli fikrlar uchrab turadi. Ayrimlar bu borada avtomobilning baʼzi qismlaridan tejalgani haqida gapiradi. Xoʻsh, bu gaplar qanchalik asosli? Kun.uz muxbiri Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory’da ishlab chiqarish jarayonlari va sifat nazorati bilan tanishdi.

Oʻzbekistonda yigʻilayotgan BYD avtomobillarining sifati Xitoydagidekmi? Jizzaxdagi zavoddan reportaj

Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory zavodida qanday avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?

Toshkentdan qariyb toʻrt soatlik yoʻldan soʻng, Kun.uz muxbiri Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory zavodiga yetib bordi. Bu yerda konveyerlar uzluksiz ishlamoqda: turli modellar birin-ketin yigʻilib, tayyor avtomobillar qatorini toʻldirmoqda. Zavoddagi jarayon bilan tanishish davomida mutaxassislardan avtomobillarni yigʻish tartibi, sifat nazorati va mahalliy kadrlarni tayyorlash tizimi haqida maʼlumot olindi.

Masʼullarning taʼkidlashicha, avtomobilning sifati faqat konveyer oxiridagi yakuniy tekshiruv bilan belgilanmaydi. Mashina tayyor holga kelguncha bir necha bosqichli nazorat va sinovlardan oʻtadi. Jarayonning istalgan bosqichida xatolik aniqlansa, avtomobil keyingi jarayonga oʻtkazilmaydi. Avval muammo aniqlanadi, sababiga baho beriladi va tegishli choralar koʻriladi. Yaʼni konveyerdan chiqayotgan har bir avtomobil ortida faqat yigʻish ishi emas, bosqichma-bosqich nazorat tizimi ham turadi. Mashinaning yakuniy holati esa aynan shu ketma-ket tekshiruvlar natijasida shakllanadi.

Mazkur jarayonda mahalliy mutaxassislarning malakasi ham muhim oʻrin tutadi. Chunki zamonaviy avtomobilni yigʻish detallarni bir-biriga ulash bilangina tugamaydi. Har bir bosqichda texnologik talab va sifat standartlariga rioya qilish talab etiladi.

Mahalliylashtirish faqat ehtiyot qismlardan iborat emas

Avtomobil ishlab chiqarishda yana bir muhim jihat – mahalliy kadrlar malakasi. Zamonaviy avtomobilni yigʻish uchun texnologik uskunalar bilan ishlash, ishlab chiqarish standartlari va sifat nazorati talablarini yaxshi biladigan mutaxassislar kerak. Shu sababli zavoddagi mahalliy xodimlar tegishli oʻquv jarayonlaridan oʻtadi. Maqsad ularning BYD global ishlab chiqarish talablariga mos ishlashini taʼminlash.

CHAZOR va yangilangan SONG PLUS: konveyerdan qanday avtomobillar chiqmoqda?

Jizzaxdagi zavod konveyerida turli modellarni koʻrish mumkin. Ular orasida CHAZOR UzPride ham bor. Mahalliylashtirish jarayoni esa bunday gibrid avtomobillarni Oʻzbekiston bozori va xaridorlarning kundalik ehtiyojlariga moslashtirish imkonini bermoqda. Shahar ichidagi qatnovlar, kundalik yumushlar va doimiy foydalanish uchun moʻljallangan CHAZOR’da gibrid texnologiyaning tejamkorlik jihati alohida eʼtibor tortadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.