Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun lizing qoidalari oʻzgartirilishi mumkin

Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun lizing qoidalari qayta koʻrib chiqilishi mumkin
Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarga avtomobillar, uskunalar va boshqa mol-mulkni lizing — keyinchalik sotib olish huquqi bilan uzoq muddatli ijaraga olish imkoniyatlarini kengaytirish moʻljallanmoqda.
Tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Taklif etilayotgan oʻzgarishlardan biri lizingga berilgan mol-mulkning hisobini yuritish bilan bogʻliq. Odatda u oluvchining balansida aks ettirilsa, yakka tartibdagi tadbirkorlar holatida u mol-mulkni taqdim etgan kompaniya balansida hisobga olinadi.
Ushbu yangiliklar yakka tartibdagi tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga kirishini kengaytirishi va lizing xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishi kutilmoqda.
2025 yilning fevral oyida prezident Shavkat Mirziyoyev banklarga quruvchilardan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulkni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishga, soʻng uni tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda ijaraga yoki lizingga berishga ruxsat berish taklifini maʼqullagan edi. Tashabbus boʻsh turgan tijorat maydonlarini muomalaga jalb qilish va biznesning koʻchmas mulkdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi.

