Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda xususiylashtirish jarayonlari tezlashmoqda

Oʻzbekistonda davlat aktivlarini sotishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda, investorlar uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilmoqda va xususiy sektor uchun imkoniyatlar kengaytirilmoqda, deb xabar berdi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.

Oʻzbekistonda xususiylashtirish jarayonlari tezlashmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 28 avgustdagi «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-177-sonli Farmoniga muvofiq, xususiylashtirish dasturi doirasida 84 ta xoʻjalik jamiyatidagi yangi davlat ulushlari, 1 242 ta koʻchmas mulk obʼyekti va tadbirkorlik hamda shaharsozlik maqsadlari uchun qariyb 8 ming gektar yer uchastkalari savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda avvalroq Prezident shu yilning avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda gapirgan edi.

Bundan tashqari, davlat ishtirokidagi 85 ta korxonani tugatish va qayta tashkil etish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, ilgari sotilmagan 84 ta obʼyekt boshlangʻich narxi «1 million soʻm» etib belgilangan holda qayta auktsionga chiqariladi.

Savdoga chiqarilayotgan aktivlarning umumiy qiymati 100 trillion soʻmni tashkil etadi. Ularni realizatsiya qilishdan yil yakuniga qadar kamida 14 trillion soʻm tushishi kutilmoqda.

Farmon bilan tadbirkorlarning takliflari asosida davlat aktivlarini sotib olishni yanada qulaylashtiradigan yangi realizatsiya qilish mexanizmlari joriy etilmoqda.

Xususan, xarid qilishda boʻnak (avans) toʻlovini 15% miqdorida belgilash taklif etilmoqda (ilgari u 35% ni tashkil etardi), qolgan summani esa foizlar hisoblanmagan holda bosqichma-bosqich toʻlash mumkin boʻladi (ilgari oʻrtacha 14% ustama qoʻllanilar edi).

Yirik bitimlar uchun qoʻshimcha toʻlov shartlari nazarda tutilgan:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.