Mahalliy

Oʻzbekistonda taʼlim boshqaruvi endi qanday tashkil etiladi?

Soʻnggi bir haftada taʼlim sohasi boshqaruvida qator oʻzgarishlar roʻy berdi. Kun.uz davlat idoralarining bu sohadagi vazifalari endilikda qanday boʻlishiga aniqlik kiritdi.

Oʻzbekistonda taʼlim boshqaruvi endi qanday yoʻlga qoʻyiladi?

Maʼlum boʻlishicha, taʼlim sohasidagi vazifalar qisqacha quyidagicha taqsimlangan:

Taʼlim va fan vazirligi kundalik faoliyat hamda tashkiliy ishlar uchun masʼul boʻladi. Taʼlim sifati, yangi maktablar, bolalar bogʻchalari va universitetlar qurilishi, shuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoya qilish vazirlik vakolatida qoladi.

Taʼlimni rivojlantirish markazi taʼlim laboratoriyasi sifatida ishlaydi. Markaz mutaxassislari darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar va metodikalarni ishlab chiqadi, keyin ularni amaliyotga tatbiq etadi, monitoring olib boradi va takomillashtiradi.

Zafar Hoshimov boshchiligidagi guruh mamlakatdagi oʻn mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Taʼlim sifati va tuzilmasini yaxshilash boʻyicha aniq takliflar tayyorlash maqsadida ichki biznes-jarayonlar oʻrganiladi hamda tizimdagi muammo va kamchiliklar aniqlanadi.

Prezident Administratsiyasi esa global masalalar — taʼlim sohasida strategiya ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va umumiy siyosatni yuritish bilan shugʻullanadi.

Avvalroq Erkinjon Turdimov Oʻzbekiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.