Mahalliy

Oʻzbekistonda raqamli "Baliqchi xaritasi" yaratiladi

Oʻzbekistonda havaskorlik baliq ovlash uchun asosiy xizmatlarni yagona platformada birlashtiruvchi Fisherman ID («Baliqchi kartasi») raqamli tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. U orqali baliqchilik biletlarini rasmiylashtirish, ular uchun toʻlov qilish, joylarni band qilish va QR-ruxsatnomalarni olish mumkin boʻladi.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tizimning potentsial ishlab chiquvchilaridan tijorat takliflarini qabul qilishni boshlab yubordi.

Loyiha talablariga muvofiq, ochiq portal va baliq ovlash hududlarining elektron reyestrini, foydalanuvchining shaxsiy kabinetini, baliqchilik biletlarini rasmiylashtirish va toʻlash tizimini, shuningdek, band qilish va QR-ruxsatnomalarni berish xizmatini yaratish zarur.

Bundan tashqari, Fisherman ID tizimida marketpleys, mobil ilova hamda Payme, Click toʻlov xizmatlari va boshqa zarur platformalar bilan integratsiya koʻzda tutilgan.

Tizimni yaratish Prezidentning baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish toʻgʻrisidagi farmonida koʻzda tutilgan. Fisherman ID baliqchilik havaskorlarining yagona elektron reyestrini va imtiyozli yillik abonementni oʻz ichiga olishi kerak. Abonementlardan tushgan mablagʻlarni suv havzalarini tozalash va tabiiy suv obʼyektlarini baliqlantirishga yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

, Sirdaryoda brakonyerlarga qarshi oʻtkazilgan reyd davomida Ekopolitsiya inspektori halok boʻlgani haqida. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, u elektr qarmoq bilan noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslarni qoʻlga olishga urinish paytida suvga tushib ketgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.