Mahalliy

Oʻzbekistonda pensiya tizimini demografik oʻzgarishlarga moslashtirish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda pensiya tizimini demografik oʻzgarishlarga moslashtirish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda XMT Ijtimoiy himoya departamentining aktuar xizmatlar boʻlimi rahbari Andre Pikard, XVJ Byudjet masalalari departamentining katta iqtisodchisi Chaba Fexer va Jahon bankining ijtimoiy himoya boʻyicha katta mutaxassisi Ximanshi Jeyn ishtirok etdi. Tomonlar xalqaro tajriba va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda respublika pensiya tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

Pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini taʼminlash, pensiya huquqlarini shakllantirish mexanizmlarini yaxshilash, aholi qamrovini kengaytirish, jamgʻarib boriladigan tarkibiy qismni rivojlantirish va tizimni demografik oʻzgarishlarga moslashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, pensiya tizimi arxitekturasini rivojlantirish yondashuvlari, jumladan, uning tarkibiy qismlarini uygʻunlashtirish, pensiya aktivlari va jamgʻarmalarini boshqarish, shuningdek, individual pensiya hisobvaraqlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar pensiya islohotini amalga oshirish boʻyicha ekspertlik hamkorligini davom ettirish muhimligini tasdiqladilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.