Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda Ozon uchun yangi bosqich: Ozon MDH rahbari yangi fulfilment markazi, eksport va viloyatlarda sotuvchilar sonining ortishi haqida

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda elektron savdolar iqtisodiyotning rivojlanayotgan segmentidan isteʼmol bozorining sezilarli qismiga oʻtdi. Xususan, e-commerce hajmi 2020-yildagi 1 trln soʻmdan 2025-yilda 22,6 trln soʻmga oshdi.

Oʻzbekistonda Ozon uchun yangi bosqich: Ozon MDH rahbari yangi fulfilment markazi, eksport va viloyatlarda sotuvchilar sonining oshishi haqida

Bir necha yil ichida Oʻzbekistonda elektron tijorat bozori qanday oʻzgardi?

Oʻzgarishlar miqyosini raqamlar orqali baholash ancha oson. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hozirda ushbu sektorning yillik oʻsishi oʻrtacha 30–50 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, elektron tijoratning umumiy chakana savdodagi ulushi soʻnggi besh yil ichida 0,5 foizdan 4,6 foizgacha koʻtarildi. Ammo bozor salohiyati hali toʻliq ishga tushmagan: davlat rejalariga koʻra, mamlakatdagi e-commerce hajmini 2030-yilgacha 22,6 trln soʻmdan 30 trln soʻmga yetkazish rejalashtirilgan.

Elektron tijoratning jadal rivojlanayotganini xaridorlarning oʻzi ham tasdiqlaydi: Ozon tomonidan 2025-yilda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, oʻzbekistonliklarning qariyb 40 foizi, ayniqsa yoshlar orasida, allaqachon onlayn va oflayn xaridlarni birgalikda amalga oshirmoqda. 17 foiz xaridor esa xaridlar uchun asosan marketpleyslarni ongli ravishda tanlaydi.

Biz 2025-yilda Ozonʼning Oʻzbekistondagi aylanmasi 2024-yilga nisbatan qariyb toʻrt baravar oshganini, faol xaridorlar soni esa deyarli 3,5 baravarga koʻpayganini koʻrib turibmiz.

Maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, tobora koʻproq odamlar xaridlarni yangi shaklda amalga oshirmoqda, onlayn kanallar esa biznesni kengaytirishning asosiy yoʻllaridan biriga aylanmoqda. Oʻz navbatida, aynan marketpleys tadbirkorlarga biznes faoliyati geografiyasini tez kengaytirish va yangi bozorda oʻz oʻrnini topish imkonini beradi.

Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes qanday natijalarga erishmoqda?

Kichik va oʻrta biznes uchun elektron tijoratni rivojlantirish, avvalo, butun infratuzilmani darhol oʻzi yaratmasdan turib, yangi savdo kanaliga chiqish imkoniyatidir. Tadbirkor oʻz internet-doʻkonini yoki savdo nuqtalari tarmogʻini yaratishdan boshlashi shart emas. U mahsulotini tayyor platformaga joylashtirib, xaridorlarning unga munosabatini sinab koʻrishi mumkin. Agar mahsulotga talab yuqori boʻlsa, assortiment va hajmni oshirish mumkin, bunda biznes modelining oʻzini oʻzgartirishga ehtiyoj qolmaydi.

Internetda ilgari hech qachon ishlamagan odam ham Ozonʼda savdo qilishni boshlashi mumkin. Buning uchun uchta qadam yetarli: sotuvchi kabinetini yaratish, mahsulot suratlari va tavsifini yuklash, ish modelini tanlash. Samarali savdo koʻnikmalarini esa Ozon bilimlar bazasi, tahliliy maʼlumotlar va boshqa vositalar yordamida oʻzlashtirish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.