Mahalliy

Oʻzbekistonda Misrning choʻl iqlimiga mos guruch navlari sinovdan oʻtkaziladi

Oʻzbekiston va Misr mutaxassislari hosildor bugʻdoy, makkajoʻxori hamda choʻl iqlimiga mos guruch navlarini Oʻzbekiston sharoitida sinovdan oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, Navoiy viloyatida tajriba maydonlari tashkil etish va Misr qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot markazi filialini Oʻzbekistonda ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda Misrning choʻl iqlimiga mos guruch navlari sinovdan oʻtkaziladi

«Dunyo» axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, bu kelishuvlarga Oʻzbekistonning 200 nafardan ortiq vakilini birlashtirgan delegatsiyaning Misrga amalga oshirgan xizmat safari chogʻida erishilgan.

Tashrif davomida Misrning choʻl hududlarini qishloq xoʻjaligi uchun oʻzlashtirish, markaziy pivot — aylanma sugʻorish tizimi qoʻllaniladigan maydonlarda ekinlar hamda chorva uchun ozuqa yetishtirish tajribasi oʻrganilgan. Yangi oʻzlashtirilgan yerlarda chorvachilikni rivojlantirish va bu sohani moliyalashtirish mexanizmlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Delegatsiya aʼzolari suv resurslarini tejamkor boshqarish, zamonaviy irrigatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda ishlatilgan suvni tozalab, qayta ishlatish amaliyoti bilan tanishgan.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning taklifiga binoan, Misr Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Safar davomida Misr Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot markazi — ARC bilan hamkorlik masalalari ham muhokama qilingan. Xususan, markaz bilan hosildor bugʻdoy, makkajoʻxori va choʻl iqlimiga mos guruch navlarini Oʻzbekiston sharoitida sinovdan oʻtkazish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.

Tomonlar Navoiy viloyatida tajriba maydonlarini tashkil etish, keyinchalik esa mazkur ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekistondagi filialini ochish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.