Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 731,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Shu davrda dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish hajmi 683,4 ming tonnani, tabiiy gaz hajmi esa 21,6 mlrd kub metrni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi maʼlum qilindi
Milliy statistika qoʻmitasi 2026-yilning dastlabki yetti oyida Oʻzbekistonda ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yuzasidan maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, yanvar–iyul oylarida mamlakatda 731,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, shu davrda dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish hajmi 683,4 ming tonnani tashkil etgan.
Yetti oy mobaynida Oʻzbekistonda 3,5 mln tonna koʻmir, 368,7 ming tonna neft va 567,5 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarilgan.
Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa 21,6 mlrd kub metrni tashkil etgan.
Bundan tashqari, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida respublikada 137,6 ming dona avtomobil dvigateli ishlab chiqarilgan.

