Oʻzbekiston va Qirgʻiziston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston farmatsevtika ishlab chiqarishini, investitsiyaviy hamkorlikni, tadqiqotlar va qoʻshma loyihalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida. Oʻzbekiston Tibbiy-farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va Qirgʻizistonning «Qirgʻizfarmatsiya» davlat korxonasi oʻzaro tushunish toʻgʻrisidagi Memorandumni imzoladilar.
Hujjatga koʻra, tomonlar farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantiradilar, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi investitsiyaviy va savdo aloqalarini mustahkamlaydilar.
Bundan tashqari, erishilgan kelishuvlar doirasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar sohasida tajriba almashish, mutaxassislar uchun seminarlar va taʼlim dasturlarini oʻtkazish, shuningdek, qoʻshma loyihalarni tayyorlash koʻzda tutilgan.
Memorandumni Tibbiy-farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va «Qirgʻizfarmatsiya» davlat korxonasi direktori Aqilbek Turatbek uulu imzoladilar.
Ushbu kelishuvlar ikki mamlakat oʻrtasidagi farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan.

