Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida Janubiy Koreyaga yutqazdi
Yongin shahrida Janubiy Koreya va Oʻzbekiston milliy jamoalari oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi
Oʻzbekiston milliy jamoasi 6-oktabr kuni Yongin shahrida Janubiy Koreya milliy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsida maydonga tushdi va ikki gol farqi bilan magʻlub boʻldi.
6-daqiqada Son Hyon Min jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 60-daqiqada esa O Se Hun bosh bilan zarba berib, raqib darvozasini ishgʻol qildi.
Shu tariqa Oʻzbekiston milliy jamoasining FIFA kunlaridagi oʻyinlari yakuniga yetdi. Avvalroq bosh murabbiy Fabio Kannavaro shogirdlari 24-sentabr kuni Fargʻonada Eronni 3:1 hisobida, 1-oktabr kuni Toshkentda Suriyani 4:1 hisobida magʻlub etgan edi.
JANUBIY KOREYA - OʻZBEKISTON 2:0
Gollar: Son Hyon Min (6), O Se Hun (60)
Janubiy Koreya: Cho Xyon U, Li Xan Bom, Kim Te Xyon, Kim Te Xyon, Son Hyon Min, Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Pak Jin Son, Li Kan In, O Se Hun, Cho Xyon Tek.
Bosh murabbiy: Robert Moreno (Ispaniya)
Oʻzbekiston: Abduvohid Neʼmatov, Abduqodir Husanov (Muhammadrasul Abdumajidov 83), Behruz Karimov, Jahongir Oʻrozov, Akmal Mozgovoy (Diyor Xolmatov 83), Odil Hamrobekov (Husayn Norchayev 69), Aziz Gʻaniyev (Sherzod Esanov 46), Sherzod Nasrullayev (Mahmud Mahamadjonov 69), Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov (Aziz Amonov 46), Abbos Fayzullayev (Aziz Xolmurodov 83)
Bosh murabbiy: Fabio Kannavaro (Italiya)
Ogohlantirish: Sherzod Esanov (47)

