Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida Eronni magʻlub etdi
Fargʻonada Oʻzbekiston va Eron milliy jamoalari oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro shogirdlari 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Eldor Shomurodov ikkita gol urdi.

Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvida Eronni taslim etdi
24-sentabr kuni Fargʻona shahrida Oʻzbekiston milliy jamoasi Eron milliy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsida maydonga tushdi. Bu bosh murabbiy Fabio Kannavaro shogirdlari uchun jahon chempionatidan keyingi ilk oʻyin boʻldi.
10-daqiqada Eldor Shomurodov raqib himoyachisining «sovgʻasi»dan soʻng toʻpni jarima maydoni ichida egallab olib, darvozaga yoʻlladi.
49-daqiqada Ramin Rizoyon jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.
58-daqiqada Eldor Shomurodov penaltidan gol urib, milliy jamoani yana oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qoʻshib berilgan daqiqalarda Husayn Norchayev yakuniy nuqtani qoʻydi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi FIFA kunlaridan foydalanib yana 2 ta oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi.
1-oktabr - Oʻzbekiston - Suriya (Toshkent, soat 19:00)
6-oktabr - Janubiy Koreya - Oʻzbekiston (Janubiy Koreya, Yonʼin shahri, «Mireu» stadioni)
OʻZBEKISTON - ERON 3:1
Gollar: Eldor Shomurodov (10, 58 pen), Husayn Norchayev (90+3) - Ramin Rizoyon (49)
Oʻzbekiston: Vladimir Nazarov, Abduqodir Husanov, Behruz Karimov (Hojiakbar Alijonov 82), Jahongir Oʻrozov, Akmal Mozgovoy, Odil Hamrobekov (Sherzod Esanov 82), Aziz Gʻaniyev (Diyor Holmatov 59), Sherzod Nasrullayev (Mahmud Mahamadjonov 82), Eldor Shomurodov (Husayn Norchayev 89), Doston Hamdamov (Ruslan Jiyanov 59), Abbos Fayzullayev (Aziz Amonov 89).
Eron: Alirizo Beyronvand, Solih Hardaniy (Ramin Rizoyon, 46), Ehson Hajisafiy (Muhammad Qurboniy 64), Said Izzatullohiy, Mahdiy Torimiy, Oriyo Yusufiy, Saman Fallah, Ali Neʼmatiy, Umid Nurafkon, Dennis Dargahiy (Sardor Ozmun 46), Muhammadmahdiy Muhibiy (Amirhusayn Mahmudiy 64)
Ogohlantirishlar: Said Izzatullohiy (17), Abbos Fayzullayev (55), Alirizo Beyronvand (55)

