Mahalliy

Oʻzbekiston fintex sohasiga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilmoqchi

Oʻzbekiston 2030-yilga qadar fintex sohasiga 1 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, yangi moliyaviy instrumentlarni sinovdan oʻtkazish, innovatsion habni ishga tushirish va raqamli milliy valyuta boʻyicha tajribalarni davom ettirish koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston fintex sektoriga 1 milliard dollar sarmoya kiritishni maqsad qilgan. Bu haqda Britaniyaning FStech portalida chop etilgan maqolada maʼlum qilingan. Maqola Oʻzbekistonning 2030-yilga borib Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy texnologiyalar (fintex) markaziga aylanish rejalariga bagʻishlangan.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Toshkentda boʻlib oʻtgan "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida Oʻzbekistonning fintex sohasini rivojlantirish boʻyicha toʻrt yillik strategiyasini taqdim etdi. Ushbu strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri 2030-yilga qadar mamlakat fintex sektoriga 1 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilishdir.

Shuningdek, moliyaviy texnologiyalarni tartibga solish tizimini takomillashtirish va raqamli moliya sohasida yangi tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan, 2026–2027-yillarda yangi moliyaviy instrumentlarni sinovdan oʻtkazish imkonini beruvchi takomillashtirilgan tartibga solish tizimini ishga tushirish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, 2026-yilning toʻrtinchi choragida innovatsion xab faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Ushbu xab fintex loyihalarini rivojlantirish va yangi moliyaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish uchun platforma vazifasini bajarishi kutilmoqda.

Materialda Oʻzbekiston Markaziy banki raqamli milliy valyuta boʻyicha ham sinovlar oʻtkazayotgani qayd etilgan. Ushbu sinovlar natijalarini yaqin vaqt ichida taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Strategiya Oʻzbekistonning raqamli moliya bozorini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatni 2030-yilga qadar Markaziy Osiyodagi yetakchi fintex markazlaridan biriga aylantirishga qaratilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.