Oʻqituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi
Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda oʻqishi shart boʻlmaydi.

Oʻqituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi. Uning oʻrniga, oʻqituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, oʻzi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablagʻni davlat ajratadi.
“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek boʻlishga harakat qildim. Bular - sizlarning ogʻir masalalaringiz. Albatta, qiyin boʻladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qoʻysak, oʻzgarish boʻladi”, - dedi Prezident.

