Ozon Oʻzbekistonda omborxona ochmoqda: bepul saqlash va yangi tariflar
Ozon Oʻzbekistonda oʻzining ilk fulfilment-markazi ishga tushirilganini eʼlon qiladi. Toshkentdagi maydoni 7 ming kv.metrdan ortiq boʻlgan logistika majmuasi buyurtmalarni qayta ishlashning toʻliq tsiklini — tovarlarni qabul qilishdan tortib joʻnatmalarni shakllantirishgacha boʻlgan jarayonni amalga oshiradi. Endilikda oʻzbekistonlik sotuvchilar oʻz tovarlarini marketpleys omborida saqlashlari mumkin boʻladi, bu esa Oʻzbekiston ichida yetkazib berish muddatlarini maksimal darajada qisqartiradi va tadbirkorlarning xarajatlarini kamaytiradi. Asosiy afzalligi: omborda saqlash mutlaqo bepul.

Ozon Oʻzbekistonda omborxonani ishga tushirmoqda: bepul saqlash va yangi tariflar
Lokal omborxonaning ochilishi bilan oʻzbekistonlik sotuvchilar uchun marketpleysda ishlashning yangi modeli — FBO (Fulfillment-by-Ozon) mavjud boʻladi. Ushbu sxema doirasida sotuvchi tovarlarni Ozon omboriga saqlash uchun topshiradi, buyurtmalarni keyingi qayta ishlash va yetkazib berish bilan bogʻliq barcha ishlarni esa platforma oʻz zimmasiga oladi. Tadbirkordan endilikda shaxsiy omborxonalarni ijaraga olish va qadoqlash materiallarini sotib olish talab etilmaydi — bu vazifalarni Ozon oʻz zimmasiga oladi.
Yangi fulfilment-markazi 500 mingdan ortiq tovarni saqlashga moʻljallangan. Ish boshlanishida obʼyekt kuniga 10 mingtagacha, yoki oyiga 300 mingga yaqin buyurtmani qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Tovarlarni Ozon omboriga yuborish uchun sotuvchi faqat qulay usulni tanlashi kerak: ularni mustaqil ravishda olib kelish, yaqin atrofdagi Ozon buyurtmalarni berish punktiga topshirish yoki Toshkentdagi «Malika» bozoridagi qabul qilish punktiga topshirish.
FBO sxemasi boʻyicha tovarlarni sotish tariflari tovar toifasiga qarab 3% dan boshlanadi, logistika qiymati esa tovarning narxi va hajmiga qarab bir birlik uchun 1 736 soʻmdan boshlanadi. Shu bilan birga, 2027 yil 1 sentyabrgacha saqlash mutlaqo bepul boʻladi. Buyurtmani qayta ishlash, soʻnggi milya va ekvayring kabi xarajatlar ham alohida tariflanmaydi, bu esa sotuvchilarning xarajatlarini yanada qisqartiradi.
Shu tariqa, qiymati 10 000 000 soʻm boʻlgan smartfonni sotish sotuvchiga bor-yoʻgʻi 305 000 soʻmga tushadi.
«Toshkentda fulfilment-markazining ishga tushirilishi bilan Ozon Oʻzbekistonda rivojlanishning yangi bosqichiga chiqmoqda: endi sotuvchilar nafaqat buyurtmalarni bizning saralash markazimiz orqali yuborishlari, balki tovarlarni marketpleys omborida — fulfilmentning barcha afzalliklari bilan saqlashlari ham mumkin. Biz mahalliy biznes uchun onlayn-savdo osonroq, qulayroq va samaraliroq boʻlishi uchun izchil ravishda investitsiya kiritmoqdamiz — omborxonani ishga tushirmoqdamiz, foydali tariflarni taklif qilmoqdamiz, ish sharoitlarini mahalliylashtirmoqdamiz. Bularning barchasi tadbirkorlar ham Oʻzbekistonda, ham MDHning eng yirik bozori boʻlgan Rossiyada ishonch bilan oʻsishlari uchun qilinmoqda», — deya izoh berdi Ozon MDH rahbari Natalya Boyer.

