“O‘zmilliybank” Shahrisabzdagi 2,1 km uzunlikdagi “Miraki” dor yo‘lini sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston Milliy banki mamlakatdagi eng uzun zamonaviy dor yo‘llaridan biri — Shahrisabz tumanidagi 'Miraki' turizm markazida joylashgan 2084 metr uzunlikdagi 'Miraki' dor yo‘lini sotuvga qo‘ydi.

“O‘zmilliybank” Shahrisabzdagi 2,1 km uzunlikdagi “Miraki” dor yo‘lini sotuvga chiqardi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Xisorak” suv ombori yonida joylashgan “Miraki” sayyohlik markazida uzunligi 2 084 metr bo‘lgan zamonaviy “Miraki” dor yo‘li savdoga qo‘yildi.
Dor yo‘li uchun uskunalar dunyoga mashhur Doppelmayr Seilbahnen GmbH (Avstriya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Yo‘lovchilar tashish 8 o‘rinli 20 ta Carvatech kabinalari orqali amalga oshiriladi. O‘tkazish quvvati bir tomonga soatiga 660 tagacha yo‘lovchini tashkil etadi.
Dor yo‘li 7 ta tayanchda joylashgan. Pastki stansiya dengiz sathidan 997 metr balandlikda, yuqori stansiya esa dengiz sathidan 1 349 metr balandlikda joylashgan. Balandliklar farqi 352 metrni tashkil etadi.
Pastki stansiyada dor yo‘li harakat mexanizmi, lift, esdalik sovg‘alar do‘koni, kafe, tez tibbiy yordam punkti, ona va bola xonasi, bankomat, avtoturargoh hamda elektr transport vositalarini quvvatlantirish shoxobchasi mavjud.
Yuqori stansiyada esa kafe, bolalar maydonchasi, tomosha va selfi zonalari bor.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 1,9 gektar.
Obyektni sotish shartlari: boshlang‘ich bahosi 158,2 mlrd so‘m; to‘lov shartlari — 30% dastlabki to‘lov, qolgan 70% xarid shartnomasi imzolangan kundan boshlab 3 oy ichida to‘lanadi. Zarur hollarda investor “O‘zmilliybank”dan mulk qiymatining 70 foizini qoplash uchun kredit olishi mumkin.
E-auksion elektron savdo maydonchasida onlayn savdolarni o‘tkazish sanasi — 30-oktabr.
Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun NBU Invest Group AJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilish mumkin: Mirobod tumani, 95 Ya. G‘ulomov ko‘chasi (8-qavat).
Telefon: (+998) 78−148−26−58.
E-mail: [email protected]

