Siyosat

O‘zLiDeP va Xitoy Kommunistik partiyasi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zLiDeP va Xitoy Kommunistik partiyasi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi

7-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Mehmon davlat rahbariga XXR raisi Si Szinpinning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani, tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi izchil o‘sgani, Xitoy kompaniyalari ishtirokida qo‘shma loyihalar soni ortib borayotgani qayd etildi.

Shu kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasida ham Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda strategik sheriklikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, partiyalararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpinning siyosiy muloqoti ikki mamlakat o‘rtasida ishonch va manfaatli hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim asos bo‘layotganini ta’kidladi. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard dollarga yetgani, yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 30 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgani, qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli esa 60 milliard dollardan ortiqni tashkil etayotgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvlarda parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni mustahkamlash, oliy va kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalalari muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, zamonaviy siyosiy partiyalar faoliyatida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va raqamli platformalardan foydalanish, fuqarolar bilan muloqotning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvlar yakunida tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.