Oziq-ovqat xavfsizligidan kiberfiribgarlikka qarshi kurashishgacha: Mirziyoyev MDHning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Turkmanistonning «Avaza» turistik zonasida boʻlib oʻtgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida nutq soʻzlab, Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasidagi kelgusi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi. Davlat rahbari iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda oddiy tovar ayirboshlashdan qoʻshma ishlab chiqarish va qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga oʻtish zarurligini taʼkidladi. Ustuvor yoʻnalishlar qatorida u quyidagilarni alohida qayd etdi: Savdo va investitsiyalar — texnik toʻsiqlarni bartaraf etish […]

Oziq-ovqat xavfsizligidan tortib kiberfiribgarlikka qarshi kurashishgacha: Mirziyoyev MDHning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Turkmanistonning «Avaza» turistik zonasida boʻlib oʻtgan MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida soʻzga chiqib, Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasidagi kelgusi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Davlat rahbari iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda oddiy tovar ayirboshlashdan qoʻshma ishlab chiqarish va qoʻshilgan qiymat zanjirlarini shakllantirishga oʻtish muhimligini taʼkidladi.
Ustuvor yoʻnalishlar qatorida u quyidagilarni tilga oldi:
Savdo va investitsiyalar — texnik toʻsiqlarni bartaraf etish, sertifikatlarni oʻzaro tan olish va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Oziq-ovqat xavfsizligi — qoʻshma dasturlarni muvofiqlashtirish hamda oziq-ovqat va oʻgʻitlar eksportiga cheklovlar joriy etishdan oldin dastlabki maslahatlashuvlar mexanizmini yaratish.
Sanoat va transport — maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini kamaytirish va yuk tashish qoidalarini unifikatsiya qilish.
Energetika va ekologiya — energiya isteʼmolining uzoq muddatli prognozini hamda MDHning resurs tejamkor va tsirkulyar iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik kontseptsiyasini ishlab chiqish.
Madaniyat va kreativ industriyalar — gumanitar hamkorlikni kengaytirish va «Madaniy siyosat va kreativ industriyalar» forumini oʻtkazish.
Kiberxavfsizlik — transchegaraviy kiberjinoyatlar va firibgarlik sxemalariga tezkor chora koʻrish uchun MDHning qoʻshma aloqa markazini tashkil etish.
Mirziyoyev, shuningdek, Oʻzbekiston kelasi yili MDHga raislikni qabul qilishga tayyorligini maʼlum qildi.
Yigʻilish Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida oʻtdi va Hamdoʻstlikning 35 yilligiga bagʻishlandi.

