Siyosat

Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamshid Olimovich Urunov qo‘mita raisining o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha

Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘mita raisining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Jamshid Olimovich Urunov tayinlandi. U ushbu lavozimga qadar Biznes-ombudsman o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Xurshid Xotamdjanovich Raxmatullayev qo‘mita raisining moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u "O‘zsuvta’minot" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Furqat Zakirovich Jalilov qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimini egalladi. U ilgari Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining bosh inspektori bo‘lgan.

Elyor Xolmatovich Talaboyev qo‘mita raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.