Mahalliy

“O‘zgidromet” 26-avgustga ob-havo prognozini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 26-avgust, chorshanba kuni uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, ushbu sanada havo harorati 40 darajadan oshmaydi.

**Toshkent shahrida:** Havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat 18-20 daraja, kunduzi esa 33-35 daraja atrofida bo‘ladi.

**Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida:** Havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

**Buxoro va Navoiy viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 9-14 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

**Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

**Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja atrofida bo‘ladi.

**Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

**Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida:** Havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja oralig‘ida bo‘ladi.

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lgan biroz issiq ob-havo saqlanib qoladi. Haftaning ikkinchi yarmida esa kunduzgi havo harorati 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.