Mahalliy

O‘zbekistonliklarga xorijda ishlash xarajatlari uchun 12 mlrd soʻm kompensatsiya ajratildi

Bu 9 oyda ajratilgan mablag‘ bo‘lib, xorijga tashkillashtirilgan tartibda ishga ketayotgan fuqarolarning viza, yoʻl chiptasi, imtihon va sugʻurta xarajatlarining bir qismi qoplanmoqda.

O‘zbekistonliklarning xorijda ishlash xarajatlari uchun 12 mlrd so‘m kompensatsiya ajratildi

O‘zbekistonliklarga xorijda ishlash xarajatlari uchun 9 oyda 12,3 mlrd so‘m kompensatsiya berildi.

Xorijga tashkillashtirilgan tartibda ishga ketayotgan fuqarolarning viza, yo‘l chiptasi, imtihon va sug‘urta xarajatlarining bir qismi Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qoplanmoqda.

2026-yilning 9 oyida ajratilgan kompensatsiya mablag‘lari quyidagi xarajatlarni qoplashga sarflangan: ishchi vizasi — 4 103 ta (7 mlrd 715 mln so‘m); yo‘l chiptasi — 3 981 ta (3 mlrd 264 mln so‘m); til yoki kasb imtihoni — 30 ta (34,9 mln so‘m); hayot va sog‘liq sug‘urtasi — 4 523 nafar (1 mlrd 244 mln so‘m).

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi hukumatning 2025-yil 22-apreldagi qarorida belgilangan. Unga ko‘ra, fuqaro subsidiya va kompensatsiyalar to‘lab berilishini so‘rab “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali elektron shaklda yoki bevosita agentlikka ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

Ariza agentlik tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga “Xorijda ish” dasturiy majmuasidagi shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuboriladi. Ariza ma’qullanganda kompensatsiya summasi Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqaro xorijda ishga joylashganidan so‘ng bir oydan kechikmasdan, uning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi va fuqaro “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali xabardor qilinadi.

Bundan avval agentlik 2026-yilning 9 oyida xorijda qiyin ahvolda qolgan 5 mingga yaqin o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani haqida xabar bergandi. Xorijda og‘ir vaziyatga tushgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash uchun 22,4 mlrd so‘m yo‘naltirildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.