O‘zbekistonliklar uchun Koreyada kemasozlik sohasida ishlash bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Koreyada ishlashni istagan o‘zbekistonliklar uchun HD Hyundai Heavy Industries kompaniyasi bilan hamkorlikda kemasozlik sohasida tanlov e’lon qilindi. Nomzodlar Farg‘onada 16-noyabrdan 5-fevralgacha o‘qitiladi. Minimal oylik — 1605 dollar. Hujjatlar 23-oktabrgacha qabul qilinadi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun Koreyada kemasozlik yo‘nalishida ishlash bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Koreyada E-9 vizasi asosida ishlashni xohlaydigan O‘zbekiston fuqarolari uchun kemasozlik sohasida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yangi tanlov e’lon qilindi. Ushbu tanlov Migratsiya agentligi va Janubiy Koreyaning HD Hyundai Heavy Industries kompaniyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tanlov doirasida saralab olingan nomzodlar Farg‘ona shahridagi KOICA markazida maxsus o‘quv kurslarida tahsil oladi. O‘qish hamda yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi.
Koreyada ishlaydigan nomzodlar uchun minimal oylik ish haqi 2,156 mln von, ya’ni taxminan 1605 dollar ekani qayd etilgan.
Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar qatnashishi mumkin:
Nomzodlar 1992-yil 1-yanvardan keyin va 2006-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatlar 6−23-oktabr kunlari Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi.
Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar ro‘yxati 28-oktabrda e’lon qilinadi. Test va suhbatlar 2−6-noyabr kunlari o‘tkaziladi, o‘qishga qabul qilinganlar ro‘yxati esa 11-noyabrda e’lon qilinadi.
O‘quv kurslari 2026-yil 16-noyabrdan 2027-yil 5-fevralgacha davom etadi. Yakuniy baholash 2027-yil 10-fevralda bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Nomzodlar tanlovdan oldin test va suhbatda berilishi mumkin bo‘lgan taxminiy savollar bilan tanishib chiqishi mumkin.
Shuningdek, Migratsiya agentligi avval Janubiy Koreyada qonunbuzarlik sodir etgan, jarimaga tortilgan, noqonuniy ishlagan yoki qalbaki hujjat sababli vizasi rad etilgan shaxslar tanlovda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
Agentlikka ko‘ra, belgilangan minimal baholash mezonlariga javob bermagan nomzodlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.

