Mahalliy

O‘zbekistonliklar qurilish sohasi bo‘yicha Serbiyada ishga taklif qilinmoqda

Serbiyada qurilish sohasi mutaxassislari — armaturachi, duradgor, muhandis va operatorlar uchun 120 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi. Oylik maosh 1000 dan 1500 yevrogacha bo‘lib, yo‘l, yashash va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Serbiyada o‘zbekistonlik quruvchilar uchun 120 ta ish o‘rni mavjud

Migratsiya agentligining Xorijda ish Telegram kanalida ma’lum qilinishicha, qurilish sohasida tajribaga ega o‘zbekistonlik mutaxassislar Serbiyada ishlashga taklif etilmoqda.

Ish vaqti dushanbadan jumagacha soat 7:00 dan 17:00 gacha bo‘lib, tanlangan nomzodlar bilan kamida bir yil muddatga (uzaytirish imkoniyati bilan) mehnat shartnomasi imzolanadi.

Talab qilinadigan yo‘nalishlar va ish haqi miqdori:

* Armaturachi: 1000-1200 yevro

* Betonchi: 1000-1200 yevro

* G‘isht teruvchi: 1000-1200 yevro

* Payvandchi: 1200-1500 yevro

* Kran operatori: 1200-1500 yevro

* Elektrik: 1200-1500 yevro

* Santexnik: 1200-1500 yevro

* Duradgor: 1000-1200 yevro

* Tom yopuvchi: 1000-1200 yevro

* Suvoqchi: 1000-1200 yevro

* Malyar: 1000-1200 yevro

Nomzodlar O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan muassasa diplomi yoki sertifikatiga va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilish (rus tilini bilish afzallik beradi), sudlanmaganlik, jismonan sog‘lomlik va balandlikda ishlay olish (kran operatorlari uchun) talab etiladi.

Ish beruvchi ish vizasi va ruxsatnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekistondan Serbiyaga parvoz, aeroportdan transfer, yashash joyi, kuniga ikki mahal ovqatlanish va tibbiy sug‘urta xarajatlarini to‘liq qoplaydi.

Arizani onlayn shaklda ushbu havola orqali qoldirish mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 20-avgustgacha davom etadi. Ish beruvchi bilan onlayn suhbatlar 25-28-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.