O‘zbekistonlik Sherzodova va Zokirova jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritdi
Poznan shahrida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova ayollar o‘rtasida 200 metrga finalda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova Polshaning Poznan shahrida boʻlib oʻtgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritishdi. Oʻzbekistonlik juftlik jahon chempionatida ayollar oʻrtasidagi 200 metrga eshkak eshish finalida ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu medal Oʻzbekistonning davom etayotgan jahon chempionatlaridagi ikkinchi medali hisoblanadi. Bungacha Artur Guliyev ham shu yoʻnalishdagi erkaklar oʻrtasidagi 200 metrga eshkak eshish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.

