O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yuqori natijani ko‘rsatdi.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 90 dan ortiq mamlakatdan kelgan o‘quvchilar ishtirok etgan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yoshlar 1 ta kumush, 3 ta bronza medal hamda 1 ta "Honorable Mention" (faxriy yorliq) e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.
Jaxonali Xaydaraliyev kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jahongirshoh Avazxonov, Timur Kadirbergenov va Ulug‘bek Rahmatullayev bronza medallariga loyiq topildilar. Sardorbek Salimov esa "Honorable Mention" bilan taqdirlandi.
Bu natija O‘zbekiston terma jamoasining informatika olimpiadalaridagi eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘ldi. Musobaqa yakunlari yoshlarning xalqaro miqyosdagi algoritmik va dasturlash bo‘yicha salohiyatini yana bir bor namoyish etganligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, 11-iyul kuni Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi 58-xalqaro kimyo olimpiadasi ham boshlangan edi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar ushbu musobaqada ham 4 ta medalni qo‘lga kiritishgan.

