Dunyo

O‘zbekistonlik elektriklar va beton quyuvchilar Serbiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 1500 yevrogacha

Serbiyada EXPO 2027 ko‘rgazmasi doirasida elektriklar va beton quyuvchilar uchun 1000 ta bo‘sh ish o‘rni ochildi. Ish haqi 700−1500 yevroni tashkil etadi. Nomzodlar 18−45 yoshda, 1−3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi, rus yoki ingliz tilini bilishi talab etiladi.

O‘zbekistonlik elektriklar va beton quyuvchilar Serbiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 1500 yevrogacha

Serbiyada 2027-yilda o‘tkaziladigan EXPO xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasida 1000 ta ish o‘rni taklif etilmoqda.

Ko‘rgazma doirasidagi qurilish obyektlari va ishlab chiqarish sohalarida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda. Xususan, elektriklar uchun 500 ta, beton quyuvchilar uchun yana 500 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Elektriklar uchun oylik ish haqi 1000−1500 yevroni tashkil etadi. Nomzodlar 25−45 yoshda, 1−3 yillik ish tajribasiga ega va tegishli malakaga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, razryadga ega bo‘lish talab etiladi.

Beton quyuvchilar uchun ish haqi oyiga 700−1200 yevro etib belgilangan. Bu lavozimga 18−45 yoshdagi, 1−3 yillik ish tajribasiga ega malakali ishchilar qabul qilinadi. Nomzodlar sement markalarini tushunishi va beton vibratsiyasi texnologiyasini bilishi kerak.

Har ikki vakansiya bo‘yicha ish Serbiyaning Belgrad shahrida doimiy asosda tashkil etiladi. Ish vaqti haftasiga 40 soat, 5/2 tartibida bo‘ladi. Ish beruvchi xodimlarni turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, ijtimoiy himoya va tibbiy sug‘urta taqdim etiladi.

Umumiy talablarga ko‘ra, nomzodlar rus yoki ingliz tilini boshlang‘ich yoki muloqot darajasida bilishi va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sog‘lom bo‘lishi lozim.

Ishga joylashish rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli mehnat vizasi asosida amalga oshiriladi. Nomzodning ishga qabul qilinishi uning malakasi, ish tajribasi va ish beruvchi talablaridan kelib chiqib hal etiladi.

Qayd etilishicha, oliy ma’lumot va tegishli ish tajribasiga ega qurilish hamda elektr muhandislari uchun ham alohida ish o‘rinlari bor. Ularga oyiga 1500 yevrodan boshlab ish haqi taklif etilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.