Mahalliy

O‘zbekistonlik elektr muhandislari Kuvaytda ishga taklif etilmoqda

Migratsiya agentligi Kuvaytning Al-Ahleia Switchgear Co. kompaniyasiga 10 nafar elektr muhandisi ishga taklif etilayotganini ma’lum qildi. Nomzodlardan 8 yillik tajriba va ingliz tilini bilish talab etiladi. Oylik maosh 1150−2400 dollar. Arizalar 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

O‘zbekistonlik elektr muhandislari Kuvaytda ishga taklif qilinmoqda

Kuvaytning Al-Ahleia Switchgear Co. kompaniyasi elektr muhandisligi yo‘nalishidagi (Testing & Commissioning Engineer) bo‘sh ish o‘rinlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etmoqda.

Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan, elektr muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega va ingliz tilini erkin biladigan erkak nomzodlar qatnashishi mumkin.

Ulardan elektr podstansiyalarida sinov va ishga tushirish ishlarida kamida 8 yillik tajriba, elektr uskunalari hamda himoya relelarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar, shuningdek, jismoniy sog‘lomlik talab etiladi.

Jami 10 ta bo‘sh ish o‘rni ajratilgan. Ish vaqti haftasiga 48 soatni, ya’ni oyiga kamida 208 soatni tashkil etadi. Mehnat shartnomasi muddati cheklanmagan. Taklif etilayotgan oylik maosh 1150 dollardan 2400 dollargacha.

Ish beruvchi tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:

Turar joy va ovqatlanish xarajatlari nomzodning o‘z hisobidan qoplanadi.

Nomzodlar saralashdan onlayn suhbat asosida o‘tkaziladi. Arizalar 2-noyabrga qadar qabul qilinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.