Iqtisodiyot

O‘zbekistonga telefon importi sakkiz oyda salkam 20 foizga ortdi

O‘zbekistonga telefon importi sakkiz oyda salkam 20 foizga oshdi

O‘zbekistonga olib kirilgan mobil telefonlar soni sakkiz oy ichida 527,2 mingtaga, ya’ni 19,2 foizga ko‘paydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi maʼlumot berdi.

2026-yil yanvar—avgust oylarida mamlakatga jami 653,5 mln dollarlik 3,26 mln dona telefon import qilingan. Bunda bir qurilmaning o‘rtacha import narxi 200 dollarni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun, 2025-yilning shu davrida xorijdan 305,7 mln dollarga 2,73 mln dona uyali qurilma xarid qilingan. O‘shanda har bir qurilmaning o‘rtacha qiymati 111,7 dollar bo‘lgan. Joriy yilda telefonlar import narxi 88,3 dollarga yoki 79 foizga oshgan.

O‘zbekistonga eng ko‘p telefon yetkazib berayotgan davlat Xitoy bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, mobil qurilmalar Vyetnam, Hindiston, Koreya va boshqa mamlakatlardan ham olib kelinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.