Sport

O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan Rossiya jiddiy yo‘qotishga uchradi — OAV

Ispaniyaning “Real Sosyedad” klubi yarimhimoyachisi Arsen Zaxaryan jarohat sabab Toshkentdagi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

O‘zbekistonga qarshi uchrashuv arafasida Rossiya jiddiy yo‘qotishga duch keldi — OAV

Ispaniyaning “Real Sosyedad” klubi yarimhimoyachisi Arsen Zaxaryan jarohati tufayli Rossiya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Avvalroq Zaxaryan Rossiya terma jamoasining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgandi. Ammo bosh murabbiy Valeriy Karpin futbolchining to‘pig‘idan jarohat olganini aytdi. Bundan tashqari, “Real Sosyedad” ham uni Yevropa Ligasi doirasidagi “Lion”ga qarshi bahs qaydnomasiga qo‘shmadi.

“Arsen to‘pig‘ini qayirib olgan edi, biroq hozir umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshladi. Ungacha biroz vaqtni o‘tkazib yuborgani uchun qaydnomaga kirmadi, chunki Yevropa Ligasida tayyor bo‘lib tushish kerak. Terma jamoaga kelsak, Karpinning aytganlaridan kelib chiqib aytsam, u bu safar bormasa kerak. Terma jamoa masalasida nima uchundir omadi kelmayapti. Lekin Ispaniya chempionatida o‘ynay oladi deb o‘ylayman”, dedi Golubin.

Ma’lumot uchun, Arsen Zaxaryan joriy mavsumda “Real Sosyedad” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi 12-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga qarshi o‘ynasa, 17-noyabr kuni Krasnodarda Venesuela terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.