O‘zbekistonga asosan qaysi davlatlardan qahva import qilinmoqda?
2026-yilning yetti oyida O‘zbekistonga 28,2 mln dollarlik kofe import qilindi

O‘zbekistonga qahva asosan qaysi davlatlardan olib kirilmoqda?
2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 3,5 ming tonna kofe import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, olib kirilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 28,2 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 468,2 tonnaga yoki 15,6 foizga ko‘p.
Kofe yetkazib beruvchi davlatlar orasida Rossiya yaqqol yetakchilik qilgan. Hisobot davrida Rossiyadan 2 315,3 tonna kofe import qilingan.
Hindistondan O‘zbekistonga 260,2 tonna kofe yetkazib berilgan. Italiyadan import hajmi 230,6 tonnani tashkil etgan.
Braziliya 130,3 tonna bilan keyingi o‘rinda qayd etilgan. Malayziyadan esa 96,9 tonna kofe olib kirilgan.
Qolgan davlatlar hissasiga 435,1 tonna kofe to‘g‘ri kelgan.

