O‘zbekistonga 9 oyda kelgan xorijiy sayyohlar soni 10 mln kishidan oshdi
2026-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 10,3 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,4 foizga ko‘p. Birgina sentabrda 1,2 mln sayyoh kelgan. Eng yuqori o‘sish Xitoy va Malayziya hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonga 9 oyda kelgan xorijiy sayyohlar soni 10 mln kishidan oshdi
2026-yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 10,3 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Sentabr oyining o‘zida mamlakatga 1,2 mln nafar sayyoh keldi. Turistik tashriflar bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’ati Xitoyga to‘g‘ri kelib, bu ko‘rsatkich 2,1 baravarni tashkil etdi.
Shuningdek, Germaniya va Buyuk Britaniyadan keluvchilar soni 25 foizga, Fransiyadan 21 foizga, Turkiyadan esa 15 foizga oshdi. Ushbu davrda turistik xizmatlar eksporti 5,3 mlrd dollarga yetdi.
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Sayyohlarning salkam 5 millioni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston hissasiga to‘g‘ri keldi.
Xususan, Toshkentga bu davrda 3,2 mln nafar xorijiy va 4,1 mln nafar mahalliy sayyoh kelgan. Bu davrda turizm xizmatlari eksporti 1,3 mlrd dollarga yetdi, shaharda 140 ta yangi joylashtirish vositasi ishga tushirilgan.

