O‘zbekistonga 8 oyda 30 mingga yaqin italiyaliklar keldi
Mamlakatga sayyohlik maqsadida tashrif buyurganlar xizmat, qarindoshlarni yo‘qlash, o‘qish va boshqa maqsadlar bilan kelgan

O‘zbekistonga 8 oyda 30 mingga yaqin italiyaliklar keldi
2026-yilning yanvar–avgust oylarida Italiyaning 28,2 ming nafar fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Tashrif buyurganlarning asosiy qismi mamlakatga sayyohlik uchun kelgan. Bu maqsaddagi tashriflar soni 26,9 ming nafarni tashkil etgan. Xizmat yuzasidan O‘zbekistonga 668 nafar Italiya fuqarosi kelgan.
Qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 543 nafar, o‘qish uchun 70 nafar Italiya fuqarosi tashrif buyurgan. Tijorat maqsadida kelganlar soni esa 3 nafarni tashkil etgan.

