O‘zbekistondagi elektromobillarning qariyb 72 foizi Toshkentda
Mamlakatdagi qolgan hududlarda yesa bu ko‘rsatkich poytaxtdan anchayin past ekanligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi elektromobillarning qariyb 72 foizi Toshkentda jamlangan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatida mamlakat bo‘yicha 122 ming 700 ta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 88 496 ta elektromobil. Bu hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar yig‘indisining qariyb 72 foiziga teng.
Toshkent viloyati 9 546 ta elektromobil bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Samarqand viloyatida 4 870 ta, Xorazm viloyatida 3 784 ta elektromobil qayd etilgan.
Qashqadaryo viloyatida 3 045 ta, Farg‘onada 2 442 ta, Navoiyda 2 227 ta elektromobil bor. Buxoroda 1 963 ta, Andijonda 1 607 ta elektromobil ro‘yxatga olingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 387 ta, Namanganda 1 237 ta, Sirdaryoda 993 ta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan.
Jizzax viloyatida bu ko‘rsatkich 701 ta, Surxondaryo viloyatida esa 429 tani tashkil etgan.
Toshkent shahridagi elektromobillar soni qolgan hududlardagi jami ko‘rsatkichdan qariyb 2,6 baravar ko‘p. Poytaxtdan keyingi eng yuqori natija Toshkent viloyatiga tegishli bo‘lib, farq 78 950 tani tashkil etadi.

