Mahalliy

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkin

Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti bilan O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, uchrashuv davomida O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasi muhokama qilingan.

Uning qayd etishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash hamda raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilik takomillashtirilgan. Bu esa O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

«Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi», — deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.