O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish oshdi
Yil boshidan buyon mamlakatda 356 318 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Qaysi rusumlar ko‘proq chiqarilmoqda?

O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish ko‘paydi
2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning shu davridagi 326 370 donadan 356 318 donaga chiqib, qariyb 30 ming donaga oshdi.
Shu bilan birga, 9 oy ichida 4 447 ta yuk avtomobili ham ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagi 3 615 donadan yuqori.
Yengil avtomobillar ichida eng ko‘p «Cobalt» ishlab chiqarilgan — 120 672 dona. Bu 2025-yilning yanvar–sentyabr oylaridagi 116 008 donadan ko‘p.
«Damas» ishlab chiqarish hajmi 63 401 donani tashkil etdi. «Tracker»dan 34 080 dona, «Onix»dan esa 27 247 dona ishlab chiqarildi.
«BYD» rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarish 26 706 donaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi 13 730 donaga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘p.
Hisobot davrida «KIA»dan 24 801 dona, «Chery»dan 7 221 dona va «Haval»dan 6 953 dona avtomobil ishlab chiqarildi.
Maxsus yengil avtomobillar soni 43 098 donani tashkil etdi. «Chevrolet Damas Move» modelida 2 137 ta avtomobil ham ishlab chiqarilgan. «TANK 500» rusumida esa 2 dona avtomobil tayyorlangan.

