O‘zbekistonda valyutaga talab 44,3 mlrd dollarga yetdi
2026-yilning 8 oyida valyutaga talab taklifdan 6,1 mlrd dollarga yuqori bo‘ldi. Kurs esa hisobot davrida

O‘zbekistonda valyutaga talab 44,3 mlrd dollarga yetdi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–avgust oylarida yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga jami talabi 44,3 mlrd dollarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagi 37,8 mlrd dollarga nisbatan 17,3 foizga yuqori. Jami valyuta xaridining 34,7 mlrd dollari yuridik shaxslar, 9,6 mlrd dollari esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu davrda chet el valyutasining jami taklifi ham oshgan. U 38,2 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 25,5 foizga, ya’ni 7,8 mlrd dollarga ko‘paygan. Yanvar–avgust oylarida aholi tijorat banklariga qariyb 16,6 mlrd dollar miqdorida chet el valyutasini sotgan.
Yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valyuta mablag‘lari 21,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Shu bilan jami valyuta taklifining asosiy qismi yuridik va jismoniy shaxslar sotuvi hisobidan shakllangan.
Hisobot davrida talab va taklif o‘rtasida 6,1 mlrd dollarlik tafovut qayd etilgan. Talab 44,3 mlrd dollar, taklif esa 38,2 mlrd dollar bo‘lgan.
Yanvar–avgust oylarida valyuta ayirboshlash kursi 11 779–12 320 so‘m/AQSh dollari oralig‘ida o‘zgarib turgan.
Hisobot davri yakuniga ko‘ra, kurs 1,5 foizga oshgan. Valyuta ayirboshlash kursining tebranuvchanligi o‘rtacha 32,3 so‘mni yoki 0,27 foizni tashkil etgan. 2025-yilning yanvar–avgust oylarida bu ko‘rsatkich 32,4 so‘m yoki 0,26 foiz bo‘lgan.

