Mahalliy

O‘zbekistonda ta’lim bozorining 53 foizi Toshkent shahrida jamlangan

Birinchi yarim yillikda o‘zbekistonliklarning ta’lim xizmatlari uchun xarajatlari 23 foizga oshib, qariyb 24 trln so‘mga yetdi. Shundan 12,7 trln so‘mi yoki 53 foizi birgina poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda ta’lim bozorining yarmidan ko‘pi, aniqrog‘i 53 foizi Toshkent shahrida joylashgan.

2026-yilning yanvaridan iyunigacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 23,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 22,7 foizga o‘sgan.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, ta’lim xizmatlari orasida oliy ta’lim xizmatlari eng katta ulushga ega bo‘lib, umumiy ta’lim xizmatlarining 42,4 foizini tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha ta’lim xizmatlari hajmi quyidagicha:

* Toshkent shahri – 12,7 trillion so‘m (bozorning 53 foizi);

* Samarqand viloyati – 1,5 trillion so‘m;

* Farg‘ona viloyati – 1,5 trillion so‘m;

* Andijon viloyati – 1,2 trillion so‘m;

* Toshkent viloyati – 1,1 trillion so‘m;

* Namangan viloyati – 1,1 trillion so‘m;

* Buxoro viloyati – 1 trillion so‘m;

* Qashqadaryo viloyati – 877,7 milliard so‘m;

* Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 691,3 milliard so‘m;

* Xorazm viloyati – 602,5 milliard so‘m;

* Surxondaryo viloyati – 577,8 milliard so‘m;

* Navoiy viloyati – 373,6 milliard so‘m;

* Jizzax viloyati – 323,9 milliard so‘m;

* Sirdaryo viloyati – 243,6 milliard so‘m.

Avvalroq Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasi barpo etilishi haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.