Mahalliy

O‘zbekistonda tadbirkorlarga imtiyoz endi reytingiga qarab berilmaydi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga imtiyoz endi reytingiga qarab berilmaydi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi darajasidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismi qaytariladi hamda soliq va bojxona imtiyozlari qoʻllaniladi.

Hujjatga muvofiq, iqtisodiy amnistiya doirasida yoʻl qoʻyilgan xatolarni mustaqil ravishda bartaraf etganlarning Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi ballari kamaytirilmaydi.

Eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan eksportchilarga 3 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda, AQSH dollarida 6 oylik SOFR+8 foizdan, yevroda 6 oylik EURIBOR+7 foizdan, Xitoy yuanida 6 oylik SHIBOR+7 foizdan yuqori boʻlmagan foiz stavkada 12 oy muddatgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 35 foizi kredit toʻliq soʻndirilgandan keyin Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik subyektining toifasi, barqarorlik reytingi va hudud toifasidan qatʼi nazar qoplab beriladi.

Bunda tadbirkorga ajratilgan kredit boʻyicha eksport tushumi tijorat banki tomonidan yuritiladi va tasdiqlangan holda taqdim etiladigan reyestr asosida kompensatsiya toʻlab beriladi.

Farmonga koʻra, qiymati 200 milliard soʻmdan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm uchun – 50 milliard soʻmdan) oshadigan investitsiya loyihalarida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻz hisobidan qurgan tadbirkorlik subyektlari xarajati davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi ham belgilandi.

Davlat xaridlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) qabul qilinganligini soliq organlarining axborot tizimidan olingan maʼlumotlar asosida tasdiqlash hamda ijrochining zakalat va qoʻshimcha zakalat mablagʻlarini bir ish kuni ichida avtomatik ravishda qaytarish tartibi ham joriy etiladi.

Hujjatga koʻra, mehmonxonalar uchun mol-mulk va yer soligʻi stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qoʻllash muddati 2030-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi. Mehmonxona, restoran, kafe va barlar tomonidan xarid qilingan suv, salqin ichimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarining markirovka kodlari yakuniy isteʼmolchiga sotilgan deb hisoblanadi.

Farmon bilan 1-noyabrdan tadbirkorlar uchun elektr va gaz boʻyicha oldindan toʻlov 15 foizga tushirilishi, tadbirkorlar uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilinishi, tadbirkorlarga moliyaviy jarima qoʻllashda birinchi xato uchun – ogohlantirish qoidasi joriy etilishi, kichik tadbirkorlik subyektlarini tekshirishga 3 yilga moratoriy joriy etilishi ham belgilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.