O‘zbekistonda sport tashkilotlari va inshootlarining yagona reyestri yuritiladi
Qarorga muvofiq, nodavlat sport tashkilotlari reyestri maxsus axborot tizimi orqali yuritiladi. Unga kiritilgan tashkilotlar haqidagi

O‘zbekistonda sport tashkilotlari va inshootlarining yagona reyestri yuritiladi
Hukumatning 561-son qarori bilan O‘zbekistonda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, sport inshootlari reyestrlarini shakllantirish hamda yuritish tartibi belgilandi.
Qarorga ko‘ra, nodavlat sport tashkilotlari reyestri maxsus axborot tizimi orqali yuritiladi. Unga kiritilgan tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.
Nodavlat sport tashkilotlarining reyestrga kiritish bo‘yicha bergan arizalari besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lsa, vakolatli organ qarori bilan tashkilot reyestrga kiritiladi. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, uch ish kuni ichida rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Quyidagi holatlarda sport tashkiloti reyestrdan chiqarilishi mumkin:
Qaror bilan sport inshootlarining ham alohida reyestri yuritilishi belgilandi.
Inshoot mulkdori yoki uning balansda saqlovchisi axborot tizimi orqali ariza beradi. Ariza besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Sport inshooti boshqa faoliyat turiga o‘tkazilsa, foydalanishga yaroqsiz deb topilsa yoki mulkdorning arizasiga asosan reyestrdan chiqariladi.
Eng muhim o‘zgarishlardan biri — reyestrga kiritilmagan sport inshootlarida rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, qarorda belgilangan tartibga muvofiq, sport tashkilotlarining sportchilariga rasmiy musobaqalarda ishtirok etish huquqi berilishi nazarda tutilgan.
Mazkur tartib sport tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, sport inshootlari hisobini yuritish va rasmiy musobaqalarni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

