Texnologiya

O‘zbekistonda qancha mobil internet abonenti borligi ma’lum bo‘ldi

2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 33,3 millionga yetdi. So‘nggi 10 yilda bu ko‘rsatkich 25,5 millionga yoki 4,3 barobarga oshgan.

O‘zbekistonda mobil internet foydalanuvchilari soni qancha ekanligi ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasining taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil internet abonentlari soni muntazam ravishda o‘sib bormoqda. Qo‘mita o‘zining rasmiy statistik hisobotlarida mobil aloqa orqali internetga ulangan abonentlar sonini alohida ko‘rsatkich sifatida qayd etadi.

Xususan, 2015-yilda mamlakatda mobil internet abonentlari soni 7,8 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 9 millionga, 2017-yilda esa 10,3 millionga yetgan.

2018-yilda abonentlar soni 12,7 millionga, 2019-yilda 15,7 millionga, 2020-yilda esa 17,9 millionga yetgan.

Keyingi yillarda ham o‘sish sur’ati davom etib, mobil internet abonentlari soni 2021-yilda 21 millionga, 2022-yilda 24 millionga va 2023-yilda 27,1 millionga yetgan.

2024-yilda ularning soni 29,2 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yakuniga kelib bu raqam 33,3 millionga yetgan.

Shunday qilib, so‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internetdan foydalanuvchi abonentlar soni 25,5 millionga ko‘payib, 2015-yilga nisbatan 4,3 barobar oshgan.